locale OZ

Tennis. Kamilla Rahimova Australian Open’dagi ishtirokini yakunladi

Bellashuv 19-yanvar kuni turnirning asosiy arenasi Rod Laver Arenada bo‘lib o‘tdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Kamilla Rahimova Australian Open’dagi ishtirokini yakunladi
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Australian Open’dagi ishtirokini yakunladi. U ikkinchi davra uchrashuvida jahon tennisining yetakchilaridan biri, WTA reytingida uchinchi o‘rinda turgan Koko Gauffga qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv hisobi 6–2, 6–3.

Bellashuv 19-yanvar kuni turnirning asosiy arenasi Rod Laver Arenada bo‘lib o‘tdi. Bu maydonda an’anaviy ravishda Australian Open’ning eng muhim uchrashuvlari o‘tkaziladi. Rahimova uchrashuv davomida xarakter va raqobatbardosh kayfiyat namoyon etdi, biroq raqibasining tajribasi va yuqori o‘yin sur’ati hal qiluvchi omil bo‘ldi.

Kamilla Rahimovaning Australian Open’ning asosiy setkasidagi ishtiroki va dunyoning eng kuchli tennischilaridan biriga qarshi o‘tkazgan uchrashuvi mavsum boshida muhim bosqich hamda O‘zbekiston terma jamoasi vakili uchun qimmatli xalqaro tajriba bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting