Tennis. Jokovich faoliyatidagi 101-sovrinini qo'lga kiritdi
Final roppa-rosa uch soat davom etdi.
ФОТО: Getty images
Gretsiya poytaxti Afina shahrida tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga yetdi.
Musobaqa bosh sovrini serbiyalik afsona Novak Jokovichga nasib etdi. Dunyoning beshinchi raqetkasi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning to‘qqizinchi pog‘onasida borayotgan italiyalik Lorenzo Muzettini uch set natijasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi – 4/6, 6/3, 7/5.
Roppa-rosa uch soat davom etgan final bahsida Jokovich 13, Muzetti esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Jokovich Afinada faoliyatidagi 101-sovrinini qo‘lga kiritdi. U 116 900 yevro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosiga ega bo‘ldi. Muzetti esa 165 ochko hamda 68 035 yevroga ega chiqdi
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist