locale OZ

Tennis. ITF World Tennis Tour Juniors J30 Andijan g‘oliblari aniqlandi

Turnir ITF Juniors taqvimidagi muhim bosqich bo‘lib, o‘zbek tennischilarining kuchli tayyorgarligini ko‘rsatdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. ITF World Tennis Tour Juniors J30 Andijan g‘oliblari aniqlandi
photo: Tennis Uzbekistan

10–16 noyabr kunlari Andijonda o‘tgan turnir Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) homiyligida O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etildi. Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Isroil, Belarus, Buyuk Britaniya, Hindiston, Ukraina va Rossiyadan yosh tennischilar qatnashdi.

Yakkalik — yigitlar:
Abdurahmon Karimov (O‘zbekiston) finalda Amir Safaevni 6–0, 4–1 hisobida yengib, chempion bo‘ldi.

Yakkalik — qizlar:
Viktoriya Xastsaeva (Rossiya) Kristina Kruchyonko (Qozog‘iston)ni 6–1, 6–1 bilan mag‘lub etdi.

Juftlik — yigitlar:
Abdurahmon Karimov / Alan Zinatulin (O‘zbekiston) finalda Victor Makarov (Rossiya) / Amir Safaev (O‘zbekiston) duetini 6–1, 6–2 hisobida yutib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Juftlik — qizlar:
Victoriya Xastsaeva (Rossiya) / Kristina Kruchyonko (Qozog‘iston) Arianna Grigoryan / Marta Karas (Rossiya) duetini 6–2, 6–2 hisobida mag‘lub etishdi.

Turnir ITF Juniors taqvimidagi muhim bosqich bo‘lib, o‘zbek tennischilarining kuchli tayyorgarligini ko‘rsatdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting