locale OZ

Tennis. Humoyun Sultonov Jahra shahridagi turnirda muvaffaqiyatli start oldi

Quvaytning Jahra shahrida M15 toifasidagi tennis turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Humoyun Sultonov Jahra shahridagi turnirda muvaffaqiyatli start oldi
photo: Tennis Uzbekistan

Quvaytning Jahra shahrida M15 toifasidagi tennis turniri bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov musobaqadagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Sportchi 1/16 final bosqichida Turkiya vakili Koray Kirchi bilan kortga chiqdi.

Birinchi set Sultonov foydasiga 6–1 hisobida yakunlandi. Ikkinchi setda esa Koray uchrashuvni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Shu paytga kelib Humoyun 4–1 hisobida oldinda borayotgan edi. Shu tariqa, Sultonov turnirning ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting