locale OZ

Tennis. Guruh bosqichi g‘alaba bilan davom etmoqda!

O‘zbekiston terma jamoasini navbatdagi uchrashuvlarda ham omad tilaymiz!
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Guruh bosqichi g‘alaba bilan davom etmoqda!
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Billie Jean King Cup musobaqasining Osiyo/Okeaniya II guruhi doirasidagi navbatdagi uchrashuvda Laos terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Yakkalik bahslarida Nigina Alimova Aliya Vongdalani 6:0, 6:1, Sevil Yuldasheva esa Malaylack Delilah Pathummavongni 6:2, 7:5 hisobida mag‘lub etib, jamoamizga muddatidan avval g‘alabani taqdim etdi.

Juftlik bahsida Fotima Mahmudova va Keira Kim Siana MacDonald / Malaylack Delilah Pathummavong juftligiga qarshi bahs olib borib, 2:6, 7:6(9), 3:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston terma jamoasini navbatdagi uchrashuvlarda ham omad tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting