Tennis. Asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun kurash davom etmoqda
O‘zbekiston vakillari Polina Kudermetova va Mariya Timofeeva Uimbldon turniri saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, hal qiluvchi bosqichga yo‘l olishdi.
photo: gettyimages
O‘zbekiston vakillari Polina Kudermetova va Mariya Timofeeva Uimbldon turniri saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, hal qiluvchi bosqichga yo‘l olishdi.
Polina Kudermetova saralashning ikkinchi davrasida amerikalik Kayla Ngouneni 6:1, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Mariya Timofeeva esa ukrainalik Veronika Podrez ustidan 6:4, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, har ikki tennischi saralashning uchinchi, hal qiluvchi bosqichiga chiqdi. Endi ularni Uimbldonning asosiy to‘riga yo‘llanma beruvchi muhim uchrashuv kutmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor