locale OZ

Tennis. Andijonda ITF J60 turnirida final bahslari bo‘lib o‘tdi

Andijon shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro ITF Juniors J60 turnirida o‘g‘il bolalar o‘rtasida final bahslari yakunlandi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis.  Andijonda ITF J60 turnirida final bahslari bo‘lib o‘tdi
photo: Tennis Uzbekistan

Andijon shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro ITF Juniors J60 turnirida o‘g‘il bolalar o‘rtasida final bahslari yakunlandi.

Yakkalik (singles) finalida o‘zbekistonlik tennischilar o‘zaro bahs olib bordi. Hal qiluvchi uchrashuvda Danila Kvasov Abdurakhmon Karimov ustidan 7:5, 6:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir g‘olibiga aylandi.

Juftlik (doubles) finalida esa Akmal Abdullaev / Akhmadi Makhanov juftligi (O‘zbekiston / Qozog‘iston) o‘zbekistonlik Danila Kvasov / Ahmadjon Toshmukhamedov juftligini 6:2, 4:6, 10:7 hisobida mag‘lub etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting