locale OZ

Tennis. Andijonda ITF J30 xalqaro turniri yakunlandi

Sportchilarimizni muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabriklaymiz va ularga xalqaro maydonda yangi zafarlar tilaymiz!
Tennis. Andijonda ITF J30 xalqaro turniri yakunlandi
photo: Tennis Uzbekistan

Andijon shahrida o‘tkazilgan ITF J30 xalqaro o‘smirlar turniri O‘zbekiston tennischilari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida O‘zbekiston vakili Muslimaxon Turdimurodova (8) finalda Vasilisa Marchenko (Rossiya)ni 6/4, 6/3 hisobida mag‘lub etib, turnir chempioniga aylandi.

O‘g‘il bolalar yakkalik bahslarida O‘zbekiston vakili Nikita Gafurov finalda turnirning birinchi raqamli tennischisi Somon Amonov (Tojikiston)ga 6/4, 6/7(3), 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani ikkinchi o‘rin bilan yakunladi.

Qizlar juftlik bahslarida Elnura Boltaboyeva (O‘zbekiston) va Eva Kozlova (Rossiya) finalda Evelina Dzepa (Rossiya) hamda Vasilisa Marchenko (Rossiya) juftligini 1/6, 7/6(4), 10:5 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

O‘g‘il bolalar juftlik bahslarida Nikita Gafurov (O‘zbekiston) va Somon Amonov (Tojikiston) finalda Qozog‘iston vakillari Dias Tulebergenov va Khaknazar Zhetkerbayni 6/7, 7/5, 10:7 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi.

Sportchilarimizni muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabriklaymiz va ularga xalqaro maydonda yangi zafarlar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting