locale OZ

Tennis. Andijonda ATF 14&U turniri yakunlandi

O‘g‘il bolalar o‘rtasida Abbos Nurullaev (O‘zbekiston) / Allan-Diyar Bazarbekov (Qozog‘iston) juftligi g‘olib bo‘ldi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Andijonda ATF 14&U turniri yakunlandi
photo: Tennis Uzbekistan

Andijonda ATF 14&U turniri yakunlandi

Andijon viloyatida 14 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi ATF 14 & Under (2) turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning yakkalik bahslarida ham qizlar, ham o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston vakillari chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

Qizlar, yakkalik:
Odina Xakimova finalda hamyurtimiz Ekaterina Fominani 6:1, 6:1 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibasiga aylandi.

O‘g‘il bolalar, yakkalik:
Azamjon Ziyatov finalda hamyurtimiz Milan Zinatulinni 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Juftlik bahslari:
Qizlar o‘rtasida O‘zbekiston vakillari Odina Xakimova va Dilyara Rustamova finalda yana bir o‘zbekistonlik juftlik — Anna Ovsepyan va Laylo Tukhtamishevani 6:3, 6:1 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibasiga aylanishdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida Abbos Nurullaev (O‘zbekiston) / Allan-Diyar Bazarbekov (Qozog‘iston) juftligi g‘olib bo‘ldi. Finalda ular Diyorbek Zokirov (O‘zbekiston) / Adilkhan Yeralin (Qozog‘iston) juftligi bilan uchrashdi. Hisob 3:2 bo‘lganida raqiblar uchrashuvni davom ettira olmadi.

Yosh tennischilarimizni muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga yangi g‘alabalar tilaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting