locale OZ

Tennis. Aleksandra Barmicheva — Roland-Garros Junior Series saralash bosqichi g‘olibi!

Yaponiyada esa yosh tennischilar 2027-yilgi Roland-Garros Junior turnirining asosiy to‘riga yo‘llanma uchun kurash olib boradilar.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Aleksandra Barmicheva — Roland-Garros Junior Series saralash bosqichi g‘olibi!
photo: Tennis Uzbekistan

Aleksandra Barmicheva — Roland-Garros Junior Series saralash bosqichi g‘olibi!

Olmaota shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasida o‘tkazilgan Roland-Garros Junior Series by Renault – West and Central Asia saralash turnirida O‘zbekiston vakili Aleksandra Barmicheva qizlar o‘rtasida 1-o‘rinni egalladi!

Ushbu g‘alaba Aleksandraga oktabr oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Roland-Garros Junior Series final bosqichida ishtirok etish imkonini beradi.

Yaponiyada esa yosh tennischilar 2027-yilgi Roland-Garros Junior turnirining asosiy to‘riga yo‘llanma uchun kurash olib boradilar.

Aleksandrani ushbu muhim g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting