locale OZ

Tennis. Afsonaviy tennischi Rojer Federer 2026-yilda Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritiladi

Ushbu marosim 27-29 avgust kunlari Nyuportda bo‘lib o‘tadi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Afsonaviy tennischi Rojer Federer 2026-yilda Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritiladi
photo: gettyimages

Afsonaviy tennischi Rojer Federer 2026-yilda Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritiladi. Marosim 27-29 avgust kunlari Nyuportda bo‘lib o‘tadi.

Federer "Katta dubulg‘a" turnirlarining 20 karra chempioni bo’lgan. U Uimbldon turnirida sakkizta chempionlikni qo‘lga kiritib, rekord o’rnatgan. Dunyo tasnif jadvalini ketma ket 237 hafta boshqarib brogan, bu ham takrorlanmas natija. Umuman esa, Federer 310 hafta davomida yetakchilik qilgan, bu borada faqat Novak Jokovichning natijasi unikidan yaxshiroq. Rojer 103 ta ATP turnirida g‘olib chiqdi, bu borada esa faqat amerikalik Jimmi Konnorsdan ortda qolgan xolos (109).

Federer 2022-yil sentyabr oyida faoliyatini yakunlagan. U xayrlashuv uchrashuvini Rafael Nadal bilan birga o‘tkazdi, ammo rasmiy turnirlarda Uimbldon-2021 dan buyon qatnashmasdan kelmoqda. Shon-sharaf zaliga kirish uchun tennischi faoliyatini tugatganiga kamida besh yil bo‘lishi lozim.

Albatta, Federer uchun shon-shuhrat zaliga kirish haqidagi xabar kutilmagan yangilik bo‘lmadi. Ammo rasmiy protseduralarga rioya qilish kerak.bu quvonchli xabarni Rojerga yetkazuvchi videomuloqotda tennis afsonalari Kim Kleysters, Boris Bekker, Stefan Edberg, Rod Leyver, Pam Shriver, Martina Xingis, Martina Navratilova, Gabriela Sabatini, Sten Smit, Billi Jin King va boshqalar – jami 20 kishi ishtirok etdi. Shon-sharaf zali boshlig‘i Kleysters Rojerga tashkilotga kirish haqidagi rasmiy e’lonni o‘qib berdi, keyin u va boshqalar Federer haqida iliq so‘zlar aytishdi.
Rojer bu maqtovlarga minnatdorchilik bilan javob qaytarardi. Federer dunyoning 28 mamlakatidan yana 267 nafar vakil bilan hamrohlik qiladigan Shon-sharaf zaliga kirganidan juda ta’sirlandi va ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a ushlab turganini hamma ko’rdi. Kelasi yilning 27-29-avgust kunlari afsonaviy shveysariyalikni Nyuportda tantanali qabul marosimi kutmoqda, u yerda his-tuyg‘ularni yashirish Rojerga yanada qiyinroq bo‘ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting