Tashkent W15: Abdurayimova hamda Yakshibarova ortda qoldi, Shubina yarim finalda!
Poytaxtimizda o‘tayotgan tennis bo‘yicha W15 toifasidagi xalqaro turnir qizg‘in pallaga kirdi. O‘zbekistonning yetakchi tennischilari — Vlada Yakshibarova va Nigina Abdurayimova bugungi kunda turnirni 1/8 finalda tark etib, kutilgan natijani ko‘rsata olmadilar. Ammo mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yana bir tennischi — Darya Shubina barcha e’tiborni o‘ziga qaratdi.
WTA reytingida 1402-o‘rinni egallab turgan Shubina 1/4 finalda kuchli raqib, turnirning uchinchi raqamli tennischisi — Janubiy Koreya vakili Bouyeong Jeongni mag‘lub etdi. Uchrashuv 6/1, 6/1 hisobida yakunlandi. Ma’lumot uchun, Jeong ayni paytda dunyoning 624-raqetkasi hisoblanadi.
Bugun, 7 iyun kuni 11:00 da, Shubina yarim final bahsida rossiyalik Varvara Panshinaga qarshi kortga chiqadi. Panšina WTA reytingida 780-o‘rinda turibdi.
Shubina uchun finalga yo‘l olish imkoniyati katta — undan yana bir syurpriz kutish mumkin.