Sultonovning “Roland Garros”dagi debyuti 55 daqiqada yakun topdi
Rasm: Gazeta.uz
19-may kuni Parijda tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Roland Garros” turnirining saralash bosqichi bahslari start oldi. Fransiya ochiq chempionatida yurtdoshimiz Humoyun Sultonov ham ishtirok etdi. U qur’a natijasiga ko‘ra ilk bosqichda tajribali ispaniyalik tennischi, sobiq 17-raketa egasi Albert Ramos-Vinolasga qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuv bor-yo‘g‘i 55 daqiqa davom etdi va Ramos Sultonovni 6/1, 6/1 hisobida mag‘lub etdi.
Ayni paytda Sultonov ATP reytingida 224-o‘rinda, Ramos esa 248-o‘rinda bormoqda. Bu ikki tennischi uchun ilk o‘zaro to‘qnashuv bo‘ldi. Qizig‘i, har ikki sportchi ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirdi.
Bakradze Iman
Redaktor