locale OZ

Sultonov Segoviyada uch setli dramatik bahsda mag'lub bo'ldi

O‘zbekistonning yetakchi tennischisi jangovar o‘yinda revanishga yo‘l qo‘ydi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Ispaniyaning Segoviya shahrida Challenger 75 toifasidagi Open Castilla y Leon Villa de El Espinar tennis turniri davom etmoqda. Mukofot jamg‘armasi 91,250 yevroni tashkil qiluvchi musobaqada yurtdoshimiz sharafini Humoyun Sultonov himoya qilmoqda.

Turnirning ilk bosqichida Sultonov gruziyalik Saba Purtseladzega qarshi maydonga tushdi. Qarshi o‘yin ikki soat olti daqiqa davom etdi va uch set natijasiga ko‘ra gruzin tennischisi g‘alaba qozondi — 4/6, 6/4, 6/3. U shu tariqa o‘tgan haftadagi mag‘lubiyat uchun revanj olishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni vaqtda ATP reytingida Sultonov 268-o‘rinda, Purtseladze esa 273-pog‘onada joylashgan. Bu ularning o‘zaro uchinchi to‘qnashuvi bo‘ldi: avvalgi ikki uchrashuvda g‘alaba o‘zbekistonlik tennischiga nasib etgan edi. Jumladan, o‘tgan hafta ham Humoyun uni Ispaniyadagi turnirda mag‘lub etgandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting