locale OZ

Sultonov Ispaniyadagi turnirni chorak finalda yakunladi

O‘zbekistonning yetakchi tennischisi Posoblankoda portugaliyalik raqibga yutqazdi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Ispaniyaning Posoblanko shahrida o‘tayotgan ATP Challenger toifasidagi xalqaro tennis turnirida Humoyun Sultonov ishtirok etdi.

Musobaqaning ilk bosqichida Sultonov gruziyalik Saba Purtseladzega keskin kurashda 2:1 (3/6, 7/6, 7/6) hisobida g‘alaba qozongandi.

Biroq chorak finalda hamyurtimiz portugaliyalik Tiago Pereyraga yetarli darajada qarshilik ko‘rsata olmadi va 0:2 (1/6, 1/6) hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Ayni paytda ATP reytingida Sultonov 265-o‘rinda, Pereyra esa 320-pog‘onada joylashgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting