Stol tennisi. Toshkentda Pro-tur musobaqasi boshlandi
Birinchilikda qatnashish uchun mamlakatimizning 68 ta shahar va tumanidan 353 nafar sportchisi ro'yxatdan o'tdi.
photo: gettyimages
Toshkent shahrida O‘zbekiston stol tennisi tasarrufida yakkalikda erkaklar va ayollar o‘rtasida dastlabki sinov tariqasida “Pro-tur” musobaqasi boshlandi.
Ushbu musobaqa professional darajadagi turnirlarni yo‘lga qo‘yish, tajribali sportchilarni mahoratini oshirish va yosh iste’dod sohiblarini aniqlash maqsadida uyushtirilmoqda.
Birinchilikda qatnashish uchun mamlakatimizning 68 ta shahar va tumanidan 353 nafar (shundan 53 nafari ayollar) sportchi ro‘yxatdan o‘tgan.

“Pro-tur” dasturi quyidagicha:
24 oktyabr. Musobaqaning ochilish marosimi va dastlabki bellashuvlar.
25 oktyabr. Guruh bosqichi uchrashuvlari va pley-off bahslari.
26 oktyabr. Final o‘yinlari hamda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor