locale OZ

Sobolenko Sintsinnatida chorak finalga chiqa olmadi

Sobolenko bahs davomida biror marta eys qayd etmadi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sobolenko Sintsinnatida chorak finalga chiqa olmadi
ФОТО: Getty images

«Katta Shlem» turnirlarining to‘rt karra chempioni, dunyodagi birinchi raqamli tennischi Arina Sobolenko AQShning Sintsinnati shahrida o‘tkazilayotgan WTA-1000 turnirida chorak finalga chiqa olmadi.

Belaruslik tennischi 1/8 final bosqichida jahon reytingida 35-o‘rinda turgan chexiyalik Sara Beylekka 6:7 (7:9), 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv 1 soat 55 daqiqa davom etdi.

Sobolenko bahs davomida biror marta eys qayd etmadi, 4 ta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va breyk-pointlarning 6 tasidan 4 tasidan unumli foydalandi. Beylek esa 3 ta eys ishladi, qo‘sh xato qilmadi va 11 ta breyk-pointdan 5 tasini muvaffaqiyatli yakunladi.

Shu tariqa, 20 yoshli Beylek faoliyatida ilk bor WTA-1000 turnirining chorak finaliga yo‘l oldi. Bu uning jahon reytingidagi birinchi raqamli tennischi ustidan ham ilk g‘alabasi bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting