locale OZ

Sinner — dunyodagi eng kuchli tennischi. Alkaras — Rim finalidagi g‘alabadan so‘ng

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Katta Shlem turnirlarining to‘rt karra g‘olibi, jahon reytingida uchinchi o‘rinda turuvchi 22 yoshli ispaniyalik tennischi Carlos Alkaras Rimdagi "Masters" finalida italiyalik Jannik Sinner ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng raqibi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Kecha, 18-may kuni bo‘lib o‘tgan finalda Alkaras Sinnerni 7:6, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.

«Sinner — hozirgi kunda eng kuchli o‘yinchi. U uch oy maydonga chiqmagan bo‘lsa ham, barcha turnirlarda o‘zini ajoyib ko‘rsatadi, deyarli har bir uchrashuvda g‘alaba qozonadi. Unga qarshi o‘ynaganda men yanada jamlanaman. Agar eng yaxshi o‘yingni ko‘rsata olmasang, uni yengish qiyin. Uning o‘ziga xos aurasi bor. Rafa va Rodjer o‘rtasidagi bellashuvlardagi his-tuyg‘ularimday emas, lekin Jannikka qarshi o‘ynaganda o‘zgacha energiya sezaman» , — dedi Alkaras matbuot anjumanida.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting