Sergey Fomin Zhangjiagang Challenger musobaqasini boshlaydi
ATP reytingida deyarli teng raqiblar to'qnash keladi
Rasm: Olamsport.uz
O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Xitoyning Zhangjiagang shahrida o‘tadigan ATP Challenger turnirida ishtirok etmoqda. Bugun, 25 avgust kuni u musobaqaning ilk davrasida yaponiyalik Kokoro Isomuraga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da start oladi.
Qiziq jihati, raqiblar reytingda deyarli teng:
• Sergey Fomin — 483-o‘rin
• Kokoro Isomura — 480-o‘rin
Fomin 24 yoshda bo‘lsa, Isomura 22 yoshda.
Bakradze Iman
Redaktor