locale OZ

Sergey Fomin Turkiyada bo'lib o'tgan xalqaro M25 turnirining vitse-chempioni bo'ldi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sergey Fomin Turkiyada bo'lib o'tgan xalqaro M25 turnirining vitse-chempioni bo'ldi
Sergey Fomin Turkiyada bo'lib o'tgan xalqaro M25 turnirining vitse-chempioni bo'ldi

Antaliya shahrida tashkil etilgan musobaqada o'zbekistonlik tennischi muvaffaqiyatli qatnashib, finalgacha yetib bordi. Bellashuv uch soatdan ortiq davom etdi. Fomin reytingda o'zidan 20 pog'ona yuqori turuvchi ukrainalik Aleksey Krutixka 6/7(4), 6/3, 5/7 hisobida yutqazdi va vitse-chempion bo'ldi.

Qiyos uchun aytganda, Fominning ATP reytingdagi o'rni — 555, ukrainalik raqibini esa — 535. Bu ikki tennischi o'rtasidagi birinchi uchrashuv edi. Sergey avvalgi sakkiz uchrashuvda g'alaba qozongan va yaxshi seriyaga ega edi.

Shuningdek, Sergey juftlik bahsida ham finalga chiqqan. U rossiyalik sherigi bilan birgalikda 7:6, 2:6, 8:10 hisobida mag'lub bo'lgan. O'tgan hafta Sergey Fomin Antaliyada bo'lib o'tgan M15 turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting