locale OZ

Sergey Fomin Toshkentdagi turnirda ishonchli start oldi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Poytaxtimizda ikkinchi haftadirki, tennis bo‘yicha M15 toifasidagi xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda. 15 ming dollarlik mukofot jamg‘armasiga ega bo‘lgan M15 Tashkent 2 musobaqasida bir qator o‘zbekistonlik tennischilar ham ishtirok etyapti. Ular orasida mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin birinchi raqam ostida bahslarga kirishgan.

Jahon reytingida 453-pog‘onada turgan Fomin musobaqani muvaffaqiyatli boshladi. U 97 daqiqa davom etgan ilk davra uchrashuvida hamyurtimiz Damir Abdusamatovni 6/3, 6/2 hisobida mag‘lub etdi.

Endilikda Sergey Fomin 1/8 final bosqichida rossiyalik Dmitriy Doljenkovga qarshi kortga chiqadi. Qayd etish joiz, raqib ATP reytingida 1860-o‘rinni egallab turibdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting