locale OZ

Sergey Fomin Tbilisidagi “Challenger” musobaqasini g‘alaba bilan boshladi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tennis bo‘yicha ATP “Challenger” toifasiga kiruvchi xalqaro turnir davom etmoqda.

Musobaqaning saralash bosqichida O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin o‘z ishtiroki bilan start oldi. Ilk davrada u gretsiyalik Pavlos Tsitsipasni 6:3, 7:5 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 73 daqiqa davom etdi.

Fomin ATP reytingida 462-o‘rinda, Tsitsipas esa 1127-pog‘onada joylashgan. 19 yoshli Pavlos — dunyoning yetakchi tennischilaridan biri Stefanos Tsitsipasning ukasi hisoblanadi.

Bellashuvda Fomin 7 ta, raqibi esa 9 ta eys amalga oshirdi. Saralashda 9-raqam ostida tasniflangan Sergey keyingi bosqichda rossiyalik Semen Pankinga qarshi kortga chiqadi. Ushbu o‘yin g‘olibi musobaqaning asosiy to‘riga yo‘l oladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting