locale OZ

Sergey Fomin Shymkentdagi ITF Pro Circuit turniri finaliga chiqdi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sergey Fomin Shymkentdagi ITF Pro Circuit turniri finaliga chiqdi
Sergey Fomin Shymkentdagi ITF Pro Circuit turniri finaliga chiqdi

O'zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Qozog'istonning Shymkent shahrida o'tayotgan ITF Pro Circuit seriyasi turnirida muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda. Yarim final bahsida Sergey Polsha vakili Jadji Zdradjixni (ATP 884) katta qiyinchiliksiz 6:2, 6:2 hisobida mag'lub etdi.

Finalda o'zbekistonlik tennischi fransuz Shon Suenin (ATP 937) bilan kuch sinashadi. Suenin yarim finalda ukrainalik Aleksandr Brayninni 6:1, 6:2 hisobida mag'lub etgan.

Shu bilan birga, Sergey Fomin juftlik musobaqasida ham Pavel Verben bilan finalga yo'l olgan. Shuningdek, Fominda bu turnirda ikki chempionlikni bir vaqtning o'zida qo'lga kiritish imkoni mavjud. Yakkalik finali 27 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting