locale OZ

Sergey Fomin Shymkentda ITF Pro Circuit M15 turniri finallarida ishtirok etdi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sergey Fomin Shymkentda ITF Pro Circuit M15 turniri finallarida ishtirok etdi
Sergey Fomin Shymkentda ITF Pro Circuit M15 turniri finallarida ishtirok etdi

Qozog'istonning Shymkent shahrida ITF M15 turniri yakunlandi. O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin ushbu musobaqada munosib natija qayd etdi. 26 aprel kuni u rossiyalik Pavel Verbin bilan juftlik bahslarida chempionlikni qo'lga kiritdi. Ular finalda Germaniya vakili Adrian Etsbax hamda Belgiya tennischisi Martin Van der Meershenni 6:3, 6:3 hisobida mag'lub etishdi.

Fomin yakkalik bahslarida ham finalga chiqqan edi. Ammo bosh g'oliblikka asosiy da'vogar sifatida ko'rsatilganiga qaramay, fransuz tennischisi Shon Kyunenga 4:6, 6:1, 1:6 hisobida yutqazdi. Bellashuv ikki soat yetti daqiqa davom etdi.

Hozirgi kunda Sergey Fomin ATP reytingida 461-o'rinda, Shon Kyunen esa 937-o'rinda qayd etilgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting