Sergey Fomin Kesseldagi musobaqani g‘alaba bilan boshladi
O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Germaniyadagi ilk uchrashuvda zafar quchdi
Rasm: Gazeta.uz
Germaniyaning Kessel shahrida tennis bo‘yicha M25 toifasidagi xalqaro turnir davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan yurtdoshimiz Sergey Fomin ilk bosqichda mezbon tennischi, turnirning oltinchi raqami Henri Skvirega qarshi bahs olib bordi.
Ikki soatdan ortiq davom etgan to‘qnashuvda Fomin 6/0, 4/6, 6/4 hisobida g‘alaba qozondi.
Reytinglarga nazar tashlasak, Sergey ATP klassifikatsiyasida 442-o‘rinda, Skvire esa 357-pog‘onada qayd etilgan. Ushbu uchrashuv ularning birinchi yuzma-yuz bahsi bo‘ldi.
Fomining 1/8 finaldagi raqibi keyinroq ma’lum bo‘ladi.
Bakradze Iman
Redaktor