locale OZ

Sergey Fomin Genesis Traiding Cup finaliga yo‘l oldi

O‘zbekiston tennischisi hal qiluvchi bahs arafasida
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Bolgariyaning Sofiya shahrida tennis bo‘yicha Challenger 50 toifasidagi Genesis Traiding Cup musobaqasi o‘tmoqda. Mukofot jamg‘armasi 54 ming yevroni tashkil etuvchi turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Saralash yarim finalida mamlakatimiz ikkinchi raketkasi hindistonlik Prajwal Devni ikki setda bir xil hisobda mag‘lub etdi — 6/4, 6/4. Fomin 13 marta eys yo‘llagan bo‘lsa, raqibi 4 marta bunga erishdi. Biroq qo‘shxatolar soni hamyurtimizda ko‘proq — 11 ga 3.

Endi Sergey asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun bolgariyalik Viktor Markovga qarshi bahs olib boradi. Markov kecha uchinchi raqam ostida harakat qilgan hamyurti Petr Nesterovni 6/1, 6/3 hisobida yengib, sensatsiyaga sababchi bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, ATP reytingida Fomin — 478, Dev — 815, Markov — 1689, Nesterov esa 455-o‘rinda turibdi. Finalga chiqish uchun bahs bizning vaqt bilan soat 12:00 da start oladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting