Sergey Fomin birinchi raqamli tennischiga qarshi murakkab uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyaning Kessel shahrida o‘tkazilayotgan tennis bo‘yicha M25 toifali musobaqa o‘z yakuniga yaqinlashmoqda. Unda mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin ham ishtirok etmoqda.
Fomin 1/8 finalda italiyalik Yannis Miletich ustidan 2:6, 6:3, 6:4 hisobida iroda ko‘rsatib g‘alabaga erishgandi. Lekin 1/4 finalda u turnirning birinchi raqamli tennischisi, ispaniyalik Carlos Sanchegga qarshi kurashda mag‘lubiyatga uchradi.
Ikki soat 24 daqiqa davom etgan qizg‘in uchrashuv 6:3, 3:6, 4:6 hisobida yakun topdi. Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 442-o‘rinda, Sanchez esa 273-pog‘onada joylashgan.
Qizig‘i shundaki, bu ikki tennischi o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv bo‘ldi. 2022 yili Turkiyadagi turnirda ham Sanchez uch setda zafar quchgan edi.