locale OZ

Serena Uilyams turmush o‘rtog‘i bilan Angliya Kubogi finalida qatnashdi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

23 karra “Katta dubulg‘a” g‘olibi, tennis bo‘yicha sobiq dunyo birinchi raqamli sportchisi Serena Uilyams turmush o‘rtog‘i Aleksis Oganyan bilan birga ayollar o‘rtasidagi Angliya Kubogi finaliga tashrif buyurdi. Uchrashuv 18-may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi va unda “Chelsi” ayollar jamoasi “Manchester Yunayted”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

AQShlik tadbirkor Aleksis Oganyan 2024 yili “Chelsi” ayollar jamoasining 10% aksiyasini sotib olgan va hozirda jamoa aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Serena Uilyams 2022 yili professional tennisdan rasman ketgan. Hozirda u 43 yoshda bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi va ikki qizaloq — Olimpiya va Adira Riverni tarbiyalayapti.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting