locale OZ

Saidasslam Farhodov Tennis Europe turnirida Ruminiyada g‘olib bo‘ld

2-toifa musobaqalari 14–22 fevral kunlari Tenis Club Bucuresti kortlarida bo‘lib o‘tdi va keng xalqaro ishtirokchilar tarkibini jamladi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saidasslam Farhodov Tennis Europe turnirida Ruminiyada g‘olib bo‘ld
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekiston vakili Saidasslam Farhodov Buxarest shahrida Tennis Europe shafeligida o‘tkazilgan International Championships of Romania U14 xalqaro turnirining yakkalik bahslarida g‘alaba qozondi.

2-toifa musobaqalari 14–22 fevral kunlari Tenis Club Bucuresti kortlarida bo‘lib o‘tdi va keng xalqaro ishtirokchilar tarkibini jamladi. Turnir davomida o‘zbekistonlik tennischi ishonchli o‘yin namoyish etib, finalda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi uchrashuvda Saidasslam Farhodov bolgariyalik tennischi Aleksander Borisovni 6-3, 6-3 hisobida mag‘lub etdi.

2-toifa turniridagi g‘alaba yosh sportchi uchun muhim natija bo‘lib, Tennis Europe U14 reytingiga salmoqli ochkolar olib keladi. Buxarestdagi muvaffaqiyat o‘zbekistonlik юниорлар тайёргарлигининг юқори даражасини ва уларнинг Yevropa maydonidagi raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting