locale OZ

Saidaslom Farxodovni ITF Asia 14&U Development Championships turniridagi g‘alabasi bilan tabriklaymiz!

O‘zbekistonlik yosh tennischi xalqaro maydonda muhim yutuqqa erishdi. U ITF Asia 14&U Development Championships musobaqasining ikkinchi haftasi turnirida g‘olib bo‘ldi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saidaslom Farxodovni ITF Asia 14&U Development Championships turniridagi g‘alabasi bilan tabriklaymiz!
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekistonlik yosh tennischi xalqaro maydonda muhim yutuqqa erishdi. U ITF Asia 14&U Development Championships musobaqasining ikkinchi haftasi turnirida g‘olib bo‘ldi.

Mazkur turnir mintaqadagi eng nufuzli musobaqalardan biri bo‘lib, o‘z darajasi jihatidan deyarli Osiyo chempionatiga tenglashtiriladi.

Ushbu natija orqali Saidaslom Osiyo terma jamoasi tarkibiga kiritildi hamda nufuzli musobaqa - 14&U Championships, Wimbledon turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joizki, ushbu toifada Osiyo jamoasi tarkibiga faqat eng kuchli 2 nafar tennischi saralab olinadi.

Mazkur natija O‘zbekiston tennis maktabining xalqaro maydondagi yuqori salohiyati va raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting