Saidaslam Farxodov — U14 Osiyo chempionati finalchisi
Mazkur nufuzli musobaqa 14 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib, ATF tizimida eng yuqori — A+ toifasiga ega.
photo: Tennis Uzbekistan
Saidaslam Farxodov — U14 Osiyo chempionati finalchisi.
O‘zbekistonlik yosh tennischi Saidaslam Farxodov Tailandning Nontxaburi shahrida o‘tkazilgan GSPDP Asian 14U Junior Championships 2026 musobaqasining juftlik bahslarida finalga qadar yetib bordi.
Mazkur nufuzli musobaqa 14 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib, ATF tizimida eng yuqori — A+ toifasiga ega.
Saidaslam suriyalik Muhamad Eyad Saleem bilan tandemda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Final bahsida ular Zi Che Chen / Cheng-en Tsai juftligiga 0:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani finalchi sifatida yakunladilar.
Saidaslamni ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!