Roland Garros Junior Series yarim finalida - ikki o‘zbekistonlik tennischi
Olma-Ota (Qozog‘iston) shahrida Markaziy va G‘arbiy Osiyoning eng iqtidorli 16 yoshgacha bo‘lgan tennischilari Roland Garros Junior Series by Renault saralash bosqichida maydonga tushmoqda.
Chorak final natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik ikki tennischi — Alan Zinatulin va Akmal Abdullaev yarim finalga chiqishdi.
O‘g‘il bolalar bahsida:
• Alan Zinatulin qozog‘istonlik Rodion Traygelni 6:3, 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Endi u final yo‘llanmasi uchun yana bir qozog‘istonlik tennischi Mansur Sainovga qarshi o‘ynaydi.
• Akmal Abdullaev esa hamyurti Mahmudbek Beknazarov ustidan 3:6, 6:2, 6:0 hisobida iroda bilan g‘alaba qozondi. Yarim finalda u qozog‘istonlik Ansar Nietqaliyevga qarshi kurash olib boradi.
Qizlar bahsida:
O‘zbekiston sharafini Keyra Kim himoya qildi. U chorak finalda qozog‘istonlik Adiya Omarbekka 2:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va endi beshinchi o‘rin uchun bahsda ishtirok etadi.
Saralash finallari 9 avgust kuni o‘tkaziladi. G‘oliblar 2025 yil oktyabrda Yaponiyada bo‘ladigan Roland Garros Junior Series final bosqichiga yo‘l oladi. U yerdagi chempionlar esa 2026 yilda Parijdagi Roland Garros Junior Series musobaqasiga yo‘llanma qo‘lga kiritadi.