«Rolan Garros»ning ikki karra gʻolibi 93 yoshida vafot etdi
Ikki karra «Katta dubulgʻa» turniri g‘olibi, italiyalik tennis afsonasi Nikolo Pyetranjeli 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda Italiya tennis federatsiyasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
«Italiya tennisi o‘z ikonalaridan birini yo‘qotdi. Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritilgan yagona italiyalik tennischi Nikolo Pyetranjeli 92 yoshida olamdan o‘tdi», — deyiladi federatsiya bayonotida.
Pyetranjeli o‘z faoliyati davomida «Rolan Garros»ni ikki bor — 1959 va 1960 yillarda qo‘lga kiritgan. U havaskorlar o‘rtasidagi turnirlarda jami 53 ta yakkalik bahslaridagi titulga ega bo‘lgan, bir paytlar dunyoning uchinchi raketkasi sifatida tan olingan.
Shuningdek, u Devis kubogi tarixida eng ko‘p g‘alaba qayd etgan tennischi hisoblanadi — uning hisobida 120 ta g‘alaba mavjud.