locale OZ

Rim “Masters” va WTA 1000: tennischilar qancha pul mukofoti ishlab topishdi?

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Italiya poytaxti Rim shahrida ikki hafta davomida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi nufuzli tennis musobaqalari — ATP Masters 1000 va WTA 1000 turnirlari bo‘lib o‘tdi.

Tashkilotchilar e’lon qilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra:
Rim “Masters” turniri chempioni Carlos Alcaraz 985 030 yevro mukofot puliga ega bo‘ldi.
Vice-chempion Jannik Sinner esa 523 870 yevro ishlab oldi.

Ayollar o‘rtasidagi WTA 1000 turnir g‘olibasi Jasmine Paolini 877 390 yevro mukofot bilan taqdirlandi. Finalda mag‘lub bo‘lgan Coco Gauff esa 456 735 yevro qo‘lga kiritdi.

Quyida har ikkala turnirdagi mukofotlar taqsimoti bilan tanishishingiz mumkin:
Rim “Masters” — Erkaklar (ATP 1000):
Birinchi davra: €20,820
Ikkinchi davra: €30,895
Uchinchi davra: €52,925
To‘rtinchi davra: €90,445
Chorak final: €165,670
Yarim final: €291,040
Finalchi: €523,870
Chempion: €985,030
Rim WTA 1000 — Ayollar:
Birinchi davra: €13,150
Ikkinchi davra: €21,215
Uchinchi davra: €38,313
To‘rtinchi davra: €66,110
Chorak final: €124,700
Yarim final: €240,380
Finalchi: €456,735
Chempion: €877,390

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting