locale OZ

Rafael Nadal Rimda bo'lib o'tgan \"Masters\" turnirida g'alaba qozongan Carlos Alcarazni tabrikladi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Katta shlem turnirlarida 22 bor chempion bo'lgan ispaniyalik tennischi Rafael Nadal, vatandoshi Carlos Alcarazni Rimda o'tkazilgan “Masters” turniridagi yutug'i bilan tabrikladi.

Titul uchun bo'lgan final bahsida Alcaraz jahon reytingining 1-raqami, italiyalik Jannik Sinnerni 7:6, 6:1 hisobida mag'lub etdi.

«Tabriklayman, Carlos!», — deb yozdi Nadal o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Qolaversa, ushbu g'alaba orqali Carlos Alcaraz Jannik Sinnerning 26 o'yindan iborat g'alaba seriyasiga nuqta qo'ydi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting