Qozog‘istonlik tennischi WTA reytingida dunyoning birinchi raketkasiga aylandi
Qozog‘istonlik tennischi Elena Ribakina faoliyatida ilk bor WTA reytingida birinchi o‘rinni egallaydi. 27 yoshli sportchi US Open turnirining yarim finaliga yo‘l olgach, dunyoning yangi birinchi raketkasi bo‘lishini kafolatladi.
Ribakina chorak finalda xitoylik Chjen Sinvenni 3:6, 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng u amaldagi reyting yetakchisi Arina Sabalenkani ortda qoldirishi aniq bo‘ldi.
Yangilangan WTA reytingi 14-sentyabr kuni rasman e’lon qilinadi. Ribakina WTA tarixida yakkalik bahslarida dunyoning birinchi raketkasiga aylangan 30-tennischi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Elena Ribakina Qozog‘iston nomidan WTA yoki ATP reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan tarixdagi ilk tennischiga aylanadi. Sabalenka esa 2024-yil oktabridan buyon reyting yetakchisi bo‘lib kelayotgandi.