locale OZ

Qozogʻistondagi xalqaro turnirda ishtirok etadigan oʻzbekistonlik tennischilar nomlari ma'lum boʻldi

Tennis
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Qozogʻistondagi xalqaro turnirda ishtirok etadigan oʻzbekistonlik tennischilar nomlari ma'lum boʻldi
Qozogʻistondagi xalqaro turnirda ishtirok etadigan oʻzbekistonlik tennischilar nomlari ma'lum boʻldi

21 apreldan boshlab Qozogʻistonning Chimkent shahrida ayollar va erkaklar oʻrtasida 15 000 dollarlik mukofot jamgʻarmasiga ega xalqaro tennis turniri start oldi.
Oʻzbekiston nomidan ishtirok etuvchilar roʻyxati:
Erkaklar:
Sergey Fomin — reytingda 555-oʻrin
Maksim Shin — 1256
Rahimbek Ibrohimov — 1961
Damir Abdusamadov
Bobur Madaminov
Ilya Ignatov
Ayollar:
Sabrina Olimjonova — 1371
Darya Shubina
Maftuna Qahramonova
Nasiba Espolova

Musobaqaning birinchi bosqich natijalari (erkaklar):
Rahimbek Ibrohimov Slovakiya vakiliga 1:6, 2:6 hisobida yutqazdi.
Bobur Madaminov jismoniy muammolar tufayli oʻyinni tark etdi, oʻyin vaqtida hisob 1:6, 0:5 raqib foydasiga edi.
Ilya Ignatov Qozogʻistonlik tennischi Daniyel Yuriklini 6:1, 6:2 hisobida magʻlub etdi.
Damir Abdusamadov ham ikkinchi bosqichga yoʻl oldi — u Qozogʻiston vakilini 6:2, 6:1 hisobida yengdi.

Asosiy turnir uchrashuvlari 22 aprelda boshlanadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting