locale OZ

Qoyilmaqom! Sergey Fomin Antaliyadagi turnirning finaliga chiqdi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qoyilmaqom! Sergey Fomin Antaliyadagi turnirning finaliga chiqdi
FOTO: ATP

Ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Ahamiyatli tomoni, ushbu musobaqada O'zbekistonning ikkinchi raqamli raketka ustasi Sergey Fomin ham ishtirok etmoqda. Hamyurtimiz bugun turnir yarim finalida chexiya vakili Martin Krumichga qarshi kortga chiqdi.

3 soat 22 daqiqa davom etgan bahsda Fomin 6:3, 6:7, 7:5 hisoblarida g'alaba qozonib, finalga yo'llanma oldi.

Endi hamyurtimiz ertaga bo'lib o'tadigan final bahsida ukrainalik Aleksandr Krutixga qarshi kortga chiqadi.

Ma'lumot uchun, Fomin ayni dam dunyo reytingida 555, Krutix esa 535-o'rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting