locale OZ

Polina Kudermetova Uimbldondagi ishtirokini yakunladi

Uchrashuvda Samsonova 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Polina Kudermetova Uimbldondagi ishtirokini yakunladi
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Polina Kudermetova “Uimbldon” turnirining birinchi bosqichida dunyoning kuchli tennischilaridan biri — rossiyalik Lyudmila Samsonovaga qarshi kortga chiqdi.

Uchrashuvda Samsonova 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Polinaga qur’a juda kuchli raqibni taqdim etdi. Lyudmila Samsonova — dunyoning sobiq 12-raketkasi bo‘lib, ayni paytda WTA reytingida 41-o‘rinni egallab turibdi. Reytingdagi pasayishga qaramay, u ayniqsa tez qoplamali kortlarda eng xavfli tennischilardan biri hisoblanadi.

Polina Kudermetovaga mavsumning keyingi musobaqalarida omad va yangi g‘alabalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting