Polina Kudermetova - Portugaliyada WTA 125 turniri finalchisi
Hal qiluvchi bahsda u fransiyalik tennischi Fiona Ferroga 3:6, 6:0, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
photo: gettyimages
Polina Kudermetova - Portugaliyada WTA 125 turniri finalchisi
O‘zbekiston vakili Polina Kudermetova Portugaliyada bo‘lib o‘tayotgan WTA 125 toifasidagi Oeiras CETO Open turnirida finalga qadar yetib bordi.
Hal qiluvchi bahsda u fransiyalik tennischi Fiona Ferroga 3:6, 6:0, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shunga qaramay, Polina butun turnir davomida yuqori darajadagi o‘yin namoyish etdi va finalga chiqish - bu katta yutuq hamda muhim qadamdir.
Polinani a’lo natija bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor