Para stol tennisi bo'yicha O'zbekiston chempionati ortda qoldi
Turnirda 250 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etishdi.
Photo: Para Olimpiyada
31-oktyabr sanasida Toshkent shahrida to'rt kun davom etgan para stol tennisi bo‘yicha O'zbekiston chempionati o'z nihoyasiga yetdi.
Joriy yilgi birinchilikda Respublikamizning barcha hududlaridan jami 250 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etib, g'oliblik uchun o'zaro bahs olib borishdi.
Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi mutasaddilari ishtirok etdi. G'olib va sovrindorlar medal hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor