locale OZ

O‘zbekistonlik tennischilarning xalqaro musobaqalardagi o‘yin yakunlari

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik tennischilarning xalqaro musobaqalardagi o‘yin yakunlari
Rasm: Olamsport.uz Humoyun Sultonov

Humoyun Sultonov Italiyaning Barletta shahrida o‘tayotgan «Chellenjer» xalqaro musobaqasida ishtirok etmoqda. Dunyoning 229-pog‘onasida borayotgan o‘zbekistonlik tennischi birinchi davrada jahon reytingida 327-o‘rinda borayotgan Ukraina vakili Aleksandr Ovcharenkoga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuv 3 setda yakunlandi va 2 soat 28 daqiqa davom etdi. O‘yinning yakuniy hisobi 2:6 7:6 (3) 7:5 Humoyun foydasiga, shu tariqa u 1/16 ga tushadi va u yerda 320-o‘rinni egallab turgan xorvatiyalik Mattej Dodig bilan o‘ynaydi. O‘yin 3-aprel kuni soat 13:00 da boshlanadi.

Shuningdek, Farg‘onada tennis bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi turnirga start berildi. Ikkinchi davraga O‘zbekiston sharafini Abdurahmon Karimov, Zlata Chinova va Nigina Alimova himoya qildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting