locale OZ

O‘zbekistonlik tennischilar xalqaro musobaqalarda yangi haftani boshladi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik tennischilar xalqaro musobaqalarda yangi haftani boshladi
O‘zbekistonlik tennischilar xalqaro musobaqalarda yangi haftani boshladi

Ostrava (Chexiya) shahrida ATP Challenger turniri start oldi. Unda O‘zbekistonning eng yaxshi tennischisi Humoyun Sultanov ishtirok etyapti. Birinchi davrada u Livan vakili Hadi Xabibga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 29 aprel, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 ga belgilangan. Hozirda 26 yoshli Sultanov ATP reytingida 224-o‘rinda, uning yoshdoshi Xabib esa 174-o‘rinda joylashgan.

Shu bilan birga, Chimkentda (Qozog‘iston) umumiy mukofot jamg‘armasi 15 ming dollar bo‘lgan ITF turniri ham o‘tmoqda. Unda quyidagi o‘zbekistonlik tennischilar ishtirok etmoqda:
Sergey Fomin (ATP reytingida 499-o‘rin), o‘tgan hafta yakka lik finalist va juftlik g‘olibi;
Maksim Shin (1260-o‘rin);
Rahimbek Ibrohimov (1957-o‘rin).

28 aprel kuni saralashning ikkinchi bosqichida Maksim Shin va Rahimbek Ibrohimov o‘zaro kurash olib boradi. Ularning o‘yini mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da boshlanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting