locale OZ

O‘zbekistonlik tennischilar Uimbldon bahslarini boshlaydi

Buyuk Britaniyada mavsumning uchinchi «Katta Dubulg‘a» turniri - Uimbldon bahslari start olmoqda.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik tennischilar Uimbldon bahslarini boshlaydi
photo: Tennis Uzbekistan

Buyuk Britaniyada mavsumning uchinchi «Katta Dubulg‘a» turniri - Uimbldon bahslari start olmoqda.

Ayollar o‘rtasidagi saralash musobaqasida O‘zbekiston sharafini Mariya Timofeyeva va Polina Kudermetova himoya qiladi. Mariya Timofeyeva saralash turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan bo‘lsa, Polina Kudermetova ham asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Shuningdek, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Raximova o‘z reytingi orqali Uimbldonning asosiy to‘riga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi va musobaqani asosiy bosqichdan boshlaydi.

Saralashning ilk bosqichida Mariya Timofeyeva amerikalik Whitney Osuigwega, Polina Kudermetova esa fransiyalik Jessika Ponchetga qarshi kortga chiqadi.

Tennischilarimizga Uimbldonda omad tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting