O‘zbekistonlik tennischilar Farg‘onadagi ITF J100 turnirida ikkita chempionlik unvonini qo‘lga kiritishdi
O‘zbekistonlik tennischilar Farg‘onadagi ITF J100 turnirida ikkita chempionlik unvonini qo‘lga kiritishdi.
Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan ITF World Tennis Tour Juniors taqvimiga kiruvchi J100 Hayot Bank Cup xalqaro turnirida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Yakkalik bahslarida Mahmudbek Beknazarov chempionlikni qo‘lga kiritdi. Finalda uning raqibi, turnirning birinchi raqam ostida saralangan Aleksandr Kunitsin sog‘lig‘i bilan bog‘liq sababga ko‘ra kortga chiqa olmadi. Natijada Beknazarov turnir g‘olibi deb topildi.
Juftlik bahslarida esa O‘zbekiston vakili Daniil Kvasov belaruslik tennischi Ivan Samstika bilan birgalikda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ular finalda Kamal Faxretdinov va Roman Kulpin juftligini 7:6(5), 6:4 hisobida mag‘lub etishdi.
Tennischilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yangi g‘alabalar tilaymiz!