locale OZ

O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin turnirning yarim finaliga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin turnirning yarim finaliga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi
O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin turnirning yarim finaliga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi

O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tayotgan M25 ITF seriyasi turnirida ishtirok etdi. Chorak final bosqichida Fomin musobaqaning ikkinchi raqamli tennischisi, xorvatiyalik Luka Mikrutga qarshi maydonga tushdi. Jahon reytingida 317-o‘rinda turgan Mikrut Fominni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuv 1 soat 32 daqiqa davom etdi.

Fomin uchun bu Antaliyadagi ketma-ket to‘qqizinchi turnir bo‘ldi. Undan oldingi turnirda, 7 aprel kuni yakunlangan musobaqada, vitse-chempion bo‘lgan. Shuningdek, u juftliklar o‘yinida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan. Ma'lumot uchun, Sergey Fomin hozirda ATP reytingida 499-o‘rinni egallab turibdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting