locale OZ

O'zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Shymkentdagi musobaqani g'alaba bilan boshladi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Shymkentdagi musobaqani g'alaba bilan boshladi
O'zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Shymkentdagi musobaqani g'alaba bilan boshladi

Shymkent shahrida ITF M15 seriyasiga kiruvchi tennis turnirining asosiy bosqich bahslari boshlandi. Musobaqada o'zbekistonlik tennischilar ham ishtirok etmoqda. O'zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin musobaqani muvaffaqiyatli boshlab, birinchi uchrashuvda g'alaba qozondi.

1/16 final bosqichida 77 daqiqa davom etgan bellashuvda Fomin rossiyalik Pavel Verbinni 6:4, 6:0 hisobida mag'lub etdi. Ta'kidlash joizki, Fomin ATP reytingida 461-o'rinda tursa, Verbin 1118-pog'onada joylashgan. Bu tennischilarning o'zaro birinchi uchrashuvi bo'ldi.

Fomin 1/8 finalda yana bir o'zbekistonlik tennischi - Maksim Shin bilan to'qnash kelishi mumkin. Avvalgi saralash bosqichida Shin vatandoshi Damir Abdusamadovni 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting