locale OZ

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Anjeda WTA 125 chempioniga aylandi

Finalning ilk daqiqalaridanoq Rahimova kortda barqarorlik va tajovuzkor o‘yin namoyish qildi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Anjeda WTA 125 chempioniga aylandi
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekiston terma jamoasi vakili Kamilla Rahimova Fransiyaning Anje shahrida yakunlangan WTA 125 Open Angers Arena Loire turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida Kamilla germaniyalik Tatyana Korpachni 6–3, 7–6(4) hisobida mag‘lub etdi.

Finalning ilk daqiqalaridanoq Rahimova kortda barqarorlik va tajovuzkor o‘yin namoyish qildi. Birinchi setda u tezda ustunlikni qo‘lga olib, 6–3 hisobida g‘alabaga erishdi. Ikkinchi setda teng kurash kuzatildi, ammo Kamilla asosiy vaziyatlarda sovuqqonlikni saqlab, tay-brekda 7–6(4) hisobida ustun keldi.

Kamillaning chempionlik sari yo‘lida turnirning ikkinchi raqamli tennischisi — xorvatiyalik Ana Rujich ustidan qozongan 4–6, 6–3, 7–5 hisobidagi irodali yarim final g‘alabasi haftaning eng yorqin lahzalaridan biri bo‘ldi.

Photo: Tennis Uzbekistan

Anjedagi g‘alaba Rahimovaning WTA 125 darajasidagi joriy mavsumdagi ilk chempionligi bo‘lib, uning O‘zbekiston bayrog‘i ostida o‘tkazgan muvaffaqiyatli startining muhim bosqichiga aylandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting