O'zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov Rimdagi “Challenger” turnirida ishtirok etadi
Ushbu haftada, 22 apreldan Italiya, Rim shahrida “Challenger” turnirining navbatdagi bosqichi boshlanadi. 54 ming AQSh dollari mukofot jamg'armasiga ega bo'lgan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi — Humoyun Sultonov ishtirok etadi. Gil yopmasida o'tadigan musobaqaning birinchi bosqichida Sultonov Litva tennischisi Vilyus Gaubasga qarshi kurash olib boradi. Uchrashuv 22 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
26 yoshli Humoyun Sultonov ATP reytingida 224-o'rinda turibdi, 20 yoshli raqibi esa 149-o'rinda. Shuningdek, litvalik tennischi ushbu musobaqada birinchi raqamli tennischi sifatida posev qilingan.
Bundan tashqari, Humoyun juftlik bahslarining birinchi bosqichida ham qatnashadi. Uning sherigi ukrainalik tennischi Vladimir Ujilovskiy bo'ladi. Juftlik 23 aprel kuni soat 13:00 da Toshkent vaqti bilan o'yin o'tkazadi.