O‘zbekistonlik tennischi Antaliyadagi turnirda finalga chiqadi
Rasm: tennis.uz Sergey Fomin
29 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00da o‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin rossiyalik Svyatoslav Gulin bilan o‘yinni boshladi. O‘yin uch setda 1:6, 7:6(5), 6:2 hisobida o‘zbekistonlik sportchining foydasiga yakunlandi.
Shunday qilib, Fomin finalda ruminiyalik tennischi Gabriel Getu bilan bellashadi. Hozirda Fomin jahon reytingida 543-o‘rinni egallab turibdi va turnirda oltinchi raqam ostida ishtirok etmoqda. Gabriel 1228-pog‘onada joylashgan bo‘lib, ushbu turnirda ruminiyalik o‘yinchi saralash orqali asosiy tarkibga qo’shildi.
Sergey Fomin yana bir finalda, juftlik bahsida rossiyalik Daniil Golubev bilan hamkorlikda belgiyalik juftlik Jak Loje va Emilian Demanetga qarshi maydonga tushadi.
Bakradze Iman
Redaktor